
2022-YIL O`ZBEKISTON BIZNES-MAKONIDA
TECHNOTHERM SAVDO UYI PAYDO BO`LDI
Kompaniya tashkil etilgan yilning o`zida iqlimiy uskunalarini yig`ish bo`yicha birinchi yig`ish liniyasi ishlay boshladi. O`shandan beri TECHNOTHERM o`zining ishlab chiqarish quvvatini tinimsiz rivojlantirmoqda va bozorga «made in Uzbekistan» yorlig`i bilan belgilangan yuqori sifatli ventilyasiya va kondisionerlash uchun uskunalarining to`liq miqyosli assortimentini chiqarishga bosqichma-bosqich yaqinlashmoqda.
TECHNOTHERM ZAVODI
-
ILG`OR TEXNOLOGIYALAR
TECHNOTHERM — bu ilg`or texnologiyalarga yo`naltirilgan yangi rivojlanayotgan korxona. Zavodning sexlarida yuqori aniqlikdagi SDB uskunalari, lazerli kesish dastgohlari, avtomatlashtirilgan yig`ish maydonchalari va tayyor uskunalarni testdan o`tkazish uchun sinov kameralari ishlaydi.
-
YUQORI SIFAT
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning zamonaviy darajasi, TECHNOTHERM zavodining yaxshi tayyorlangan xodimlari har qanday iqlimiy uskunalarini yuqori sifatini va yig`ishni tezkor muddatlarini ta`minlaydi.
-
KONSTRUKTORLIK BO`LIMI
Mahsulot sifati ishlab chiqarishning har bir bosqichida puxtalik bilan nazorat qilinadi. Sifatni nazorat qilish tizimi uskunalarni mustahkamlikka, germetikligiga va samaradorligiga sinov uskunalarini, shuningdek, mahsulotlarning standartlar va texnik talablarga muvofiqligini nazorat qilishni o`z ichiga oladi.
-
YUQORI SIFATLI USKUNALAR
TECHNOTHERM uskunasining sifati O`zbekiston Respublikasi davlat reestrida sertifikatlangan va doimiy ravishda o`zining texnik nazorat xizmati tomonidan nazorat qilinadi.
-
RAQOBATBARDOSH NARXLAR VA TEZKOR MUDDATLARDA YETKAZIB BERISH
Ishlab chiqarish logistikasi transportga xarajatlarni minimallashtirishga imkon beradi. Natijada TECHNOTHERM mijozlari o`z buyurtmalarini tez va ortiqcha xarajatlarsiz oladilar.
-
KAFOLATLI XIZMAT KO`RSATISH
TECHNOTHERM savdo uyi tomonidan ishlab chiqarayotgan barcha uskunalarga, uskuna sotilgan paytdan boshlab 2 yil muddatga standart bo`lgan kafolatli majburiyatlar amal qiladi.
-
KENG ASSORTIMENT
TECHNOTHERM uskunalarining assortimenti tibbiyot muassasalari, sanoat korxonalari, savdo va ko`ngilochar markazlari, ofis va turar-joy binolari, sport majmualari, restoranlar, kafelar va odamlar yashaydigan, mehnat qiladigan va dam oladigan boshqa ob`ektlar uchun shamollatish va kondisionerlash tizimlarini tashkil etish imkonini beradi.
-
MALAKAVIY XIZMAT KO`RSATISH
TECHNOTHERM uskunalari doimo sifatli xizmat ko`rsatish bilan «to`plamda» boradi. Bu kompaniya mutaxassislari: muhandislar, loyihalashtiruvchilar, menejerlar, montajchilar ishi bilan ta`minlanadi. TECHNOTHERM mijozlari uskunaning ishlash davrining turli bosqichlarida har qanday maslahatlardan foydalanishlari mumkin.
-
DOIMIY RIVOJLANISH
TECHNOTHERM — bu oldinga intilayotgan kompaniya va u erishganida to`xtab qolmoqchi emas. Doimiy takomillashish — bizning tamoyilimizdir. Biz doimiy ravishda hamma narsani yaxshilaymiz va modernizasiya
qilamiz —uskunaning iste`mol xususiyatlaridan tortib biznes-jarayonlargacha va xizmat ko`rsatish texnologiyalarigacha.
ISHLAB CHIQARILAYOTGAN USKUNA

100 dan 10 700 m³/soatgacha bo`lgan 9 ta tip o`lchamdagi markaziy uskunalar. Havoni tashish harorati -40 dan +40 °C gacha. -60 °C gacha bo`lgan tashqi havo haroratida ishlash imkoniyati. Uskunalarni qurishda moslashuvchanlik: alohida bloklar to`plami mijozning so`roviga binoan har qanday kerakli konfigurasiyani olish imkonini beradi.

TO`RTBURCHAKLI KANALLAR UCHUN USKUNALAR
To`rtburchakli uskunalar lineykasi 200 dan 14 000 m³/soatgacha bo`lgan 10 ta tip o`lchamda taqdim etilgan. Keng tip o`lchamli qator va o`rnatish elementlarining kengaytirilgan lineykasi tufayli oquvchi-tortuvchi tizimlarining har qanday kombinasiyasi mumkin. Har qanday holatda va cheklangan makonda o`rnatish.

DUMALOQ KANALLAR UCHUN VENTILYATORLAR
Lineyka 6 ta tip o`lchamlarda taqdim etilgan. An`anaviy po`lat korpuslarga nisbatan korroziyaga uchramaydigan, hamda shovqinni ancha samaraliroq kamaytiradigan, mustahkam, yengil plastik korpus. Shiftga yoki devorga mustahkamlash uchun tez ochiladigan xomutlar va kronshteynlar yordamida har qanday holatda montaj qilish.

SANOAT VENTILYATORLARI
Korroziyaga chidamli, kislotaga chidamli va issiqlikka chidamli qilib yasalgan tomga o`rnatiladigan va o`rtadan qochuvchi ventilyatorlar. Havo sarfi 700 dan 100 000 m³/soatgacha bo`lgan 12 ta tip o`lchamlardagi yuqoriga yoki yon tomonga chiqaradigan tomga o`rnatiladigan ventilyatorlar. Havo sarfi 1500 dan 100 000 m³/soatgacha bo`lgan 12 ta tip o`lchamlardagi o`rtadan qochuvchi ventilyatorlar.

YONG`INGA QARSHI USKUNALAR
Yong`inga qarshi uskunalar lineykasi havo oqimi 1500 dan 100 000 m³/soatgacha bo`lgan 12 ta tip o`lchamlarda markazdan qochuvchi tutunni yo`qotish ventilyatorlari, tomga o`rnatiladigan o`qli tayanch ventilyatorlari va gorizontal qilib yasalgan 11 ta tip o`lchamlarda havo oqimi 2600 dan 120 000 m³/soatgacha, shuningdek opsiyalarda taqdim etilgan (teskari klapanlar, o`rnatish stakanlari, moslashuvchan o`rnatgichlar va boshqalar).

AVTOMATIKA
Keng modeldagi bloklar qatori va boshqaruv boshqaruv shitlari va avtomatika shkaflari. Har qanday iqlimiy uskunasini boshqarish. Avtomatika elementlarining yuqori ishonchliligi. Yuqori ishonchli avtomatika va quvvat qismlarini yagona korpusga joylashtirish. Qulay kontroller interfeysi. Belgilangan parametrlarni saqlashning yuqori aniqligi. Oddiy o`rnatish va ulanish.
BIZ IQLIMNI BOSHQARISH SOHASIDAGI ILG`OY YECHIMLARNI ISHLAB CHIQAMIZ VA TASHKIL ETAMIZ
USKUNALARNING TO`LIQ KATALOGINI YUKLAB OLING

PDF formati
18 MB-
SIFATLI USKUNALAR ISHLAB CHIQARISH
TECHNOTHERM ning birinchi va asosiy maqsadi – ilg`or texnologiyalar asosida shamollatish va kondisionerlash tizimlari uchun ishonchli zamonaviy uskunalar ishlab chiqarishdir.
-
MIJOLARGA YORDAM
BERISH
TECHNOTHERM mijozi doimo mamnun bo`lishi kerak. Buning uchun kompaniyada barcha bosqichlarda mijozlarga xizmat ko`rsatish va texnik qo`llab quvvatlashning ko`p bosqichli tizimi ishlab chiqildi: uskunani tanlashda yordam berishdan tortib foydalanish va texnik xizmat ko`rsatish masalalari bo`yicha maslahatlargacha.
-
MAMLAKATGA VA INSONLARGA
FOYDA KELTIRISH
TECHNOTHERM barcha darajalarda foydali bo`lishga intiladi: biz yangi ish o`rinlarini tuzamiz va xodimlarga martaba o`sishi uchun imkoniyatlar beramiz, texnik modernizasiya namunasi bo`lishga xizmat qilamiz va professional hamjamiyat taraqqiyotiga yordam beramiz. Biz mintaqaning va O`zbekiston Respublikasining butun elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga hissa qo`shamiz.